«Milan» yulduzi jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

«Milan» futbolchisi Kristian Pulishich tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

«Rossonerilar» 26 yoshli futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishgani haqida turli manbalar bir necha bor xabar bergan. Endi ma’lumotni vingerning o‘zi tasdiqladi.

«Men «Milan»da o‘ynashni davom ettirmoqchiman,» – dedi Pulishich intervyuda shartnoma haqidagi savolga javob berar ekan.

Taxmin qilinganidek, amerikalik futbolchi klub bilan maoshini oshiradigan yangi to‘rt yillik shartnoma tuzadi, deya ta’kidlaydi insayder Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter