Madridning “Atletiko” klubi sobiq himoyachisi Diyego Godin Joau Feliksning holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliyalik hujumchi yozgi transfer oynasi yopilguncha klubini o‘zgartirmoqchi. Yaqinda u «Barselona»da o‘ynash istagini ochiq e’lon qildi, bu «Atletiko»ning jahlini chiqardi.
“Feliks bilan muammo uning egosidir. Simeone uchun jamoa har qanday individual futbolchidan muhimroq va Joauda bu borada muammolar bo‘lsa ajab emas. U juda qobiliyatli futbolchi, lekin u hech qachon murabbiyga ham, jamoaga ham yaqin bo‘lmagan. Feliks o‘z nafsini klubdan, muxlislardan va murabbiydan ustun qo‘yadi», – deya urugvaylik sobiq futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/