Pogba kutilmaganda terma jamoaga chaqiriladi
“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba sentyabrga belgilangan navbatdagi xalqaro tanaffus uchun Fransiya terma jamoasiga chaqiriladi. La Stampa xabariga ko‘ra, «uch ranglilar» bosh murabbiyi Didye Desham Pogbani terma jamoaga chaqirishga tayyor, ammo fransiyalik futbolchining o‘yin vaqti keskin cheklangan bo‘ladi.
Gap shundaki, o‘tgan mavsumda Pol bir vaqtning o‘zida bir nechta jarohatlar olgan, shu tufayli u A Seriya o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmagan. Shuningdek, yarim himoyachi Fransiya safida Qatardagi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba bir yil avval «Manchester Yunayted»dan tekinga «Yuventus»ga qaytgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/