Karrager: «Bu o‘zini oqlamagan xarid»

«Chelsi»ning yangi futbolchisi Moyzes Kaysedoning «Vest Xem»ga qarshi debyut o‘yini (3:1) haqida Jeymi Karrager fikr bildirdi.

«Bu o‘zini oqlamagan xarid, u dangasa. Emerson har bir to‘pga undan oldin yetib borganini ko‘rdik. Biz hammamiz buni tomosha qildik!

U maydonga tushganidan beri yaxshi ish qilgani yo‘q. Kaysedo 60 kun davomida hech qanday tayyorgarlikka ega emas.

Uning tayyor yoki yo‘qligini faqat menejer biladi. Moyzes yana ham yaxshilanishi mumkin», – dedi Karrager.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter