APL. «Arsenal» bir kishi kam bo‘lib qolgan o‘yinda «Kristal Pelas»ni yengdi

«Arsenal» APL 2-turida «Kristal Pelas»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

54-daqiqada “kanonirlar” safida Martin Edegor penaltidan gol urdi. Mehmonlar himoyachisi Takexiro Tomiyasu 60 va 67-daqiqalarda ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatildi.

«Arsenal» APL turnir jadvalida «Brayton» va «Manchester Siti» bilan birga 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta shogirdlari 26 avgust kuni o‘z uyida «Fulxem» bilan o‘ynaydi.

“Kristal Pelas” 3 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Roy Xojson shogirdlari navbatdagi o‘yinda 26-turda mehmonda «Brentford» bilan o‘ynaydi.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter