La Liga. «Rayo» 2-turda ham zafar quchdi

Ispaniya chempionati 2-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Rayo Valyekano» «Granada»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Alvaro Garsiya va Pate Ciss raqib darvozasiga gol kiritishdi. 86-daqiqada Puertas chetlatilgach, mezbonlar o‘n kishi bilan o‘yinni yakunlashdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng 6 ochkoga ega «Rayo Valyekano» turnir jadvalida ikkinchi, ochkosiz «Granada» so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter