«Brayton» xabekiga A Seriya va La Ligadan taklif bor
«Sevilya» va «Fiorentina» klublari «Brayton» yarim himoyachisi Stiven Alsate bilan shartnoma imzolamoqchi.
24 yoshli futbolchi bu mavsumda hali maydonga tushmadi va asosiy jamoada ko‘proq imkoniyatlar izlash uchun Angliyadan ketishi mumkin.
Alsate «Brayton» akademiyasining mahsuli bo‘lib, 2017 yilda «Leyton Oriyent»dan kelib qo‘shilgan edi. U 23 yoshgacha bo‘lgan jamoa safida o‘ynaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/