Levandovski mavsumni omadsiz boshlayapti

20 avgust kuni “Barselona” Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida o‘z maydonida “Kadis”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Ko‘k-anorranglilar” yulduz hujumchisi Robert Levandovski “Xetafe”ga (0:0) qarshi 1-tur uchrashuvida bo‘lgani kabi bu uchrashuvda ham gol ura olmadi.

Opta xabariga ko‘ra, Levandovski Bundesligada Dortmundning «Borussiya»sida o‘ynagan 2012/13 yilgi mavsumdan beri birinchi marta chempionatning dastlabki ikki o‘yinida gol ura olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter