«Bavariya» Isroil terma jamoasi darvozaboni Daniel Peres bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
23 yoshli posbon bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, Tel-Avivning «Makkabi» klubi darvozabon uchun 5 million yevro oladi, bonuslar ham taqdim etiladi.
Isroilning so‘nggi chempionatida Peres 35 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/