«Manchester Siti» Nuneshni sotib olganini e’lon qildi

«Manchester Siti» «Vulverxempton» yarim himoyachisi Mateus Nunesh bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi jamoa matbuot xizmati.

Oldinroq insayder Fabrisio Romano «bo‘rilar» «Siti»ning 24 yoshli portugaliyalik uchun 54 million yevrolik taklifini rad etganini aytgandi.

2023/24 yilgi mavsumda Nunesh «Vulverxempton» safida Premyer-ligada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol urmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter