Kukurelyaning «MYU»ga transferi barbod bo‘lishi mumkin

Mark Kukurelya «Manchester Yunayted»ga o‘tmasligi kutilmoqda.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, mankunianliklar shartnomaga himoyachi bilan hamkorlikni yanvarda to‘xtatish imkonini beradigan shart qo‘shmoqchi bo‘lgani uchun “Chelsi” bilan kelishuv xavf ostida. Ushbu variant londonliklarga mos kelmaydi.

Shu munosabat bilan «Yunayted» Serxio Regilon borasida «Tottenxem» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter