«Vest Xem» yarim himoyachi sotib oladi

«Vest Xem Yunayted» tez orada yarim himoyachi sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, London klubi «Yuventus» yulduzi Filip Kostichni o‘ziniki qilmoqchi. 30 yoshli futbolchi uchun 20-25 million funt atrofidagi to‘lov yetarli bo‘lishi aytilgan.

Serbiya terma jamoasi a’zosining amaldagi bitimi 2026 yilda yakun topishi kerak. «Vest Xem» uni yangi mavsum uchun ijaraga olib, keyin butunlay sotib olishni reja qilgan.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter