«Vulverxempton» «Manchester Siti»dan Doylni sotib oldi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Tommi Doyl «Vulverxempton «ga ijara asosida o‘tdi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

21 yoshli ingliz futbolchisi bilan ijara shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha, sotib olish opsiyasi bilan tuzilgan.

Doyl o‘tgan mavsumda «Sheffild Yunayted»da ijarada bo‘lib, ularga Premyer-ligaga chiqishga yordam bergandi. Futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter