Ivobi «Fulxem»ga o‘tadi

«Fulxem» «Everton» yarim himoyachisi Aleks Ivobining transferi bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano tvitterda.

Manbaga ko‘ra, transfer summasi 22 million funt sterlingni tashkil qiladi. 27 yoshli nigeriyalik tez orada Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ivobi «Everton»da 2019 yildan beri to‘p tepadi.suradi. 2022/23 yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter