«Bavariya»dan 60 million funt so‘rashmoqda

“Fulxem” Joau Palinyani “Bavariya”ga sotmadi.

Oldinroq Myunxen klubi 28 yoshli portugaliyalikni tayanch yarim himoyachi pozisiyasini mustahkamlash uchun ustuvor variant deb hisoblayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Sport1 jurnalisti Patrik Berger xabariga ko‘ra, ingliz klubi «Bavariya»ning 47 million funt sterling atrofidagi birinchi taklifini rad etgan. «Fulxem» kamida 60 million talab qilmoqda.

Futbolchining o‘zi «Bavariya»ga o‘tmoqchi, muzokaralar davom etmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter