Daniele de Rossi bosh murabbiy etib tayinlangach, «Roma»ning ishlari avjiga chiqdi.

Endilikda, Sky Sports xabariga ko‘ra, Rim klubi de Rossi bilan yangi shartnomani muhokama qilmoqda.

Yosh mutaxassisga ikki yilga – 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar mehnat shartnomasi taklif qilinishi mumkin.

Xabaringiz bor, Joze Mourinyo iste’foga chiqarilgach, Daniele de Rossi bilan qisqa muddatli mehnat shartnomasi imzolangan edi – bu joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/