1600 dan ortiq britaniyalik muxlislar Yevro-2024’ni stadiondan tomosha qila olmaydi

1600 dan ortiq britaniyalik ishqibozlarga Germaniyada bo‘lib o‘tadigan 2024iyilgi Yevropa chempionati o‘yinlariga tashrif buyurish taqiqlandi, deb yozadi The Sun.

Buyuk Britaniyaning jinoyat polisiyasi va yong‘indan himoya qilish vaziri Kris Filpning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorga muxlislarning salbiy munosabati sabab bo‘lgan.

«Bu chora-tadbirlar haqiqiy futbol muxlislarining turnirga xavfsiz sayohat qilishini ta’minlaydi va bezorilarning xorijda jinoyat sodir etishining oldini oladi», dedi Filp.

Qayd etilishicha, cheklovlar Angliya va Uelsdan hozirda futbol o‘yinlariga borish taqiqlangan 1624 kishiga taalluqlidir.

2024 yilgi Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyaning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter