Cherchesov terma jamoada ish boshlashi mumkin

Stanislav Cherchesov Ozarbayjon terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Cherchesov bu lavozimga uchta nomzoddan biri, deb yozadi “Chempionat” vaziyatdan xabardor manbaga tayanib.

Ozarbayjon futbol federasiyasi hali murabbiyga taklif bilan chiqmagan, biroq uni nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.

60 yoshli murabbiyning so‘nggi ish joyi Vengriyaning «Ferensvarosh» klubi bo‘lib, u yerda 2023 yilning iyuligacha ishlagan.

Avvalroq Cherchesov Rossiya terma jamoasini boshqargan, ungacha esa Polshaning “Legiya”, “Dinamo”, “Amkar”, “Terek” (hozirgi “Axmat”), “Jemchujina” va “Spartak” klublarida ishlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter