Maynu Angliya terma jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushgan «MYU»ning eng yosh futbolchilari ro‘yxatiga kirdi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliyaning Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida dastlabki daqiqalardanoq o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

18 yoshli futbolchi «Uch sherlar»ning braziliyalik raqiblariga qarshi o‘tgan o‘yinda (0:1) zaxiradan maydonga tushdi va bugun Garet Sautgeyt yarim himoyachiga asosiy tarkibdan joyni ishonib topshirishga qaror qildi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Maynu (18 yoshu 342 kun) Angliya terma jamoasi safida maydonga tushgan «Manchester Yunayted»ning uchinchi eng yosh futbolchisiga aylandi. Bundan ham yoshroq yoshda buni faqat Dankan Edvards (18 yoshu 183 kun) va Markus Reshford (18 yoshu 209 kun) qilishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter