Kimmix: «Evro-2024gacha ishonchni saqlashimiz kerak»

«Bavariya» yarim himoyachisi Joshua Kimmix Germaniya terma jamoasidagi holat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kuzda jamoadagi kayfiyat juda yomon edi. Endi ketma-ket ikki marta g‘alaba qozona oldik. Fransiyani mag‘lub etib, bugun shunday qaytish juda ajoyib. Endi biz bu ishonchni Yevro-2024gacha saqlab qolishimiz kerak”, – dedi Kimmix o‘yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionatining final bosqichi Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir mezbonlarining raqiblari Shotlandiya, Shveysariya va Vengriya jamoalari bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter