Ikki futbolchiga Argentina terma jamoasida joy kafolatlangan

Argentina terma jamoasi boshqaruvchisi Lionel Skaloni jamoa yulduzlari Lionel Messi va Anxel di Mariyaning yaqinlashib kelayotgan Amerika kubogi-2024da ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Faqat Messi va Di Mariyaga Amerika kubogi uchun tarkibdan joy kafolatlangan», – dedi «albiseleste» bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika kubogi 20 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter