«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski YECHL chorak finalida kataloniyaliklarning raqibiga aylangan «PSJ» haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«PSJ» bilan o‘yinlar nafaqat Mbappega ega bo‘lgani uchun ham qiyin bo‘ladi. Dembele ham bor, u uchun bu o‘yinlar, menimcha, emosional bo‘ladi. Biz bu o‘yinlarda 1/8 finalda «Napoli»ga qarshi o‘ynaganimizdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynashni istaymiz», – deydi polyak.
“Barselona” va “PSJ” o‘rtasidagi ilk uchrashuv 10 aprel kuni Fransiyada, javob uchrashuvi esa 16 aprel kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/