Grizmann 2017/18 yildan buyon o‘zining eng sermahsul mavsumini o‘tkazmoqda

Antuan Grizmann “Xetafe” darvozasiga uchta gol urdi.

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi La Liganing 36-turi doirasidagi o‘yinda xet-trik qayd etdi. U 27, 42 va 51-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Endilikda fransiyalik futbolchining joriy mavsumdagi gollari soni 16 taga yetdi. U 19 ta gol urgan 2017/18 yilgi mavsumdan beri o‘zining eng sermahsul chempionat mavsumini o‘tkazmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter