«Bavariya» hujumchisi «Inter»ga o‘tmoqchi
Germaniyaning «Bavariya» klubi hujumchisi Erik-Maksim Chupo-Moting Italiyaning «Inter» klubiga o‘tmoqchi.
Malumotlarga ko‘ra, 35 yoshli Chupo-Moting «Inter»ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Bundan tashqari u «neradzurrilar» futbolchilari Yan Zommer va Benjamin Pavar bilan muntazam aloqada. «Inter» rahbariyati kamerunlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirmayapti.
Joriy mavsumda Erik-Maksim Chupo-Moting «Bavariya» safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: sport-express.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/