Angliyada transfer oynasi sanalari ma’lum bo‘ldi

Angliya futbol ligasi rasmiy sayti keyingi ikki transfer oynasi sanasini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Angliyada Premyer-liga va boshqa futbol ligalarida 2024 yilgi yozgi transfer oynasi 14 iyun kuni ochilib, 30 avgust kuni yopiladi. Kelgusi mavsum uchun qishki transfer oynasi 2025 yil 1 yanvarda ochiladi va 2025 yil 3 fevral kuni yopiladi.

2023/2024 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasining umumiy transfer balansi manfiy bo‘ldi. Premyer-liga klublari o‘yinchilarni sotib olish uchun o‘yinchilarni sotishdan olganidan ko‘ra 1 milliard 350,6 million yevro ko‘p mablag‘ sarfladi. Umumiy qiymati 2,93 milliard yevroni tashkil etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter