«Tottenxem» muxlislari ashaddiy raqiblariga «salom» yo‘lladi

Seshanba oqshomida “Tottenxem” o‘z maydonida “Manchester Siti”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu natija «Arsenal»ni jiddiy ranjitdi, chunki «kanonirlar»ning Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyati keskin kamaydi.

Seshanba kungi o‘yinda Erling Xoland hisobni ochganida, «Tottenxem» muxlislari qo‘shnilari «Arsenal»ni masxara qila boshlashdi. «Ko‘ryapsizmi, «Arsenal»? – deya hayqirishdi muxlislar.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter