“Manchester Siti”ning chempionlik uchun imkoniyatlari keskin oshib ketdi

Angliya chempioni nomi yakshanba oqshomida aniqlanadi. “Manchester Siti” so‘nggi tur oldidan “Arsenal”dan ikki ochkoga oldinda.

Pep Gvardiola jamoasi ketma-ket to‘rtinchi marta Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritish uchun o‘z maydonida «Vest Xem»ni mag‘lub etishi kifoya.

«Arsenal» 20 yil ichida birinchi chempionligini qo‘lga kiritish uchun o‘z maydonida «Everton»ni mag‘lub etishi va «Manchester Siti»ning ochko yo‘qotishiga umid qilishi kerak.

Ayni paytda, Opta kompaniyasining futbol statistikasi mutaxassislari superkompyuterni ishga tushirib, “Manchester Siti” va “Arsenal”ning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholashdi.

Shunday qilib, “shaharliklar”ning imkoniyati 84,3 foizga, “kanonirlar”ning imkoniyati esa 15,7 foizga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter