Xavi nega Vitor Rokega imkoniyat bermadi?

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Kataloniya jamoasining yangi futbolchisi, braziliyalik yosh hujumchi Vitor Rokening o‘yin vaqti haqida gapirdi.

«Gap shundaki, dastlab Vitor Roke yanvarda emas, iyulda safimizga qo‘shilishi rejalashtirilgan edi, ammo jarohatlar tufayli biz bu kelishuvni amalga oshirishga majbur bo‘ldik. Biz Vitorni kutgan edik, lekin u hali ham rivojlanishi va ko‘p narsalarni o‘rganishi kerak. Jamoamizda u hali o‘rnini bosa olmaydigan ko‘plab kuchli va muhim o‘yinchilar bor», – dedi Xavi.

19 yoshli futbolchi 2024 yilning yanvarida «Atletiko Paranaense»dan «Barselona»ga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter