«Real»ning sobiq futbolchisi Garet Beyl yarim himoyachi Jud Bellingemning o‘yinlari haqida gapirdi.

“Bunday yoshda Bellingem qiladigan ishni qilish ajoyib. Uning shunday shiddatli va bosim bilan o‘ynashini tomosha qilish ajoyib… U ajoyib start oldi. Ularni yana bir katta o‘yin kutib turibdi. Bellingem uchun «Real» bilan birinchi mavsumida Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ajoyib bo‘lardi», – dedi Beyl.

Chempionlar ligasi finali 1 iyun shanba kuni “Uembli”da bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/