Yevropa chempionatining favoritlari aniqlandi
Yaqinda Germaniyada 2024 yilgi Yevropa chempionati boshlanadi.
Shu munosabat bilan Opta superkompyuteri nufuzli turnirning asosiy favoritlari reytingini taqdim etdi. Kubokni qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan o‘nta jamoa e’lon qilindi. Kuchli 10talikka quyidagi jamoalar kirdi: Angliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Italiya, Belgiya, Daniya va Xorvatiya.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi Yevropa chempionatida Italiya terma jamoasi final uchrashuvida Angliyani mag‘lub etib, g‘alaba qozongan edi. Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniya futbol maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/