«Yuventus» hujumchisi Braziliya klubiga ko‘chib o‘tdi

«Yuventus» hujumchisi Kayo Jorje «Kruzeyro»ga ko‘chib o‘tdi.

Braziliya klubi hujumchining transferi borasida kelishuvga erishganini ma’lum qildi – Jorje 5 yillik shartnoma imzolaydi. Braziliyalik futbolchi yaqin orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Insayder Janluka Di Marsioning xabar berishicha, transfer summasi 7 million yevroni tashkil qilgan. Turinliklar yana braziliyalikning keyingi sotuvidan ma’lum bir foizini olishadi.

2023/24 yilgi mavsumda Kayo Jorje “Frozinone” safida ijara asosida o‘ynadi va A Seriyaning 20 ta o‘yinida 3 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter