Alvares Gvardiola bilan yakkama-yakka suhbatlashgan

«Manchester Siti» hujumchisi Xulian Alvares jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan yakkama-yakka tarzda suhbatlashdi. Transfers News Live nashrining jurnalist Gaston Edulga tayanib xabar berishicha, Alvares Gvardioladan Argentina terma jamoasi safida Olimpiadada o‘ynashiga ruxsat berishni so‘ragan.

Suhbat chog‘ida 24 yoshli Alvares Gvardiolaga «Manchester Siti»da o‘zi xohlagancha ko‘p o‘yin daqiqalariga ega bo‘lmayotganini aytdi.

Futbol bo‘yicha Olimpiya turniri iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir FIFA ro‘yxatiga kiritilmagan, shuning uchun klublar o‘yinchilarni terma jamoalarga qo‘yib yuborishlari shart emas. Bu faqat kelishuv asosida mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter