Konte bugun «Napoli» bosh murabbiyiga aylanadi

O‘tgan mavsumda Italiya chempioni bo‘lgan «Napoli» 5 iyun, chorshanba kuni Antonio Kontening bosh murabbiy etib tayinlangani haqida e’lon qiladi.

Football Italia xabariga ko‘ra, 4 iyun kuni Konte «Napoli» rahbariyati qurshovida kechki ovqatlandi, xususan, uning yonida klub prezidenti Aurelio De Laurentis bo‘lgan. Oldinroq insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda tomonlarning uchrashuvi haqida xabar bergan edi.

Avvalroq manbalar mashhur murabbiy neapolliklar klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar bergan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter