«Bavariya» «Bayer» himoyachisi bilan kelishib oldi

«Bavariya» Jonatan Ta bilan transfer bo‘lgan taqdirda uning maosh miqdorini kelishib oldi.

Bild jurnalistlari Kristian Falk va Tobi Altshafflning fikricha, agar u Myunxen klubiga o‘tsa, «Bayer» himoyachisi 9 million yevro miqdorida belgilangan maosh va yiliga 3 million bonus oladi.

Futbolchi transferga prinsipial jihatdan rozi bo‘ldi, ammo yakuniy qaror Yevropa chempionati yakunlanganidan keyin qabul qilinadi.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi Bundesliganing 31 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter