«Yuventus»ning yozdagi birinchi xaridi kim bo‘ladi?

«Yuventus» yozda «Monsa» darvozaboni Mishel Di Gregorioni o‘zining birinchi transferi sifatida e’lon qilish arafasida.

26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda klubi safida A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta bahsni «quruq» o‘tkazdi va 35 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Italiyalik futbol jurnalisti Janluka Di Marsioning yozishicha, «Yuventus» va «Monsa» allaqachon to‘liq kelishuvga erishgan. Ushbu transfer “keksa sinyora”ga 20 million yevroga tushadi.

Ikki klub hatto barcha kerakli hujjatlarni almashishdi. Shunday qilib, Di Gregorio yozda «Yuventus»ning birinchi xaridiga aylanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter