Insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida Vinchenso Italyano haqidagi yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Fabrisioning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy Chempionlar ligasining bo‘lajak ishtirokchisi «Bolonya»ni boshqaradi va klub bilan ikki yilga – 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, tarixiy omadli mavsum davomida Tyago Motta boshchiligidagi «Bolonya» A Seriyani to‘rtinchi o‘rinda yakunlay olgandi – bu Chempionlar ligasi zonasi. Ammo Motta klubni tark etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/