Rasman! «Lester»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Angliya Premyer-ligasiga qaytgan “Lester” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Jamoa bosh murabbiyi lavozimini uelslik mutaxassis Stiv Kuper egalladi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

«Men «Lester» bosh murabbiyi etib tayinlanganimdan faxrlanaman. Bu boy tarixga ega buyuk futbol klubi. Uning ajoyib muxlislari bor. Bunday iqtidorli jamoa bilan ishlaganimdan xursandman», – deya xabar beradi murabbiy.

O‘tgan mavsumda «Lester» bosh murabbiyi lavozimini Enso Mareska egallagandi. Mutaxassis klubni tark etib, Londonning «Chelsi» klubiga ishga ketdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter