«Chelsi» «Atletiko»ga uchinchi taklifni yubordi va rad javobini oldi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchi Samuel Omorodionning transferi uchun «Atletiko Madrid»ga uch marta murojaat qilgan.

Jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, «ko‘klar»ning so‘nggi taklifi 50 million yevro+bonusga yetgan, biroq “matraschilar” sotishdan bosh tortgan.

«Atletiko» Omorodionni keyingi mavsumda saqlab qolmoqchi, biroq boshqa manbalar yozda unga 80 million yevro atrofida taklif tushsa, ispaniyalik futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi haqida avvalroq xabar bergan edi.

Omorodion o‘tgan mavsumni “Alaves” safida ijara asosida o‘tkazdi va u 9 gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter