Parij merining va’dasini parlament saylovlari buzib qo‘ydi

Olimpiadadagi suv musobaqalari xavfsizligini isbotlash uchun 23 iyun kuni Senada suzish testini o‘tkazishga va’da bergan Parij meri Ann Idalgo buni faqat 14 iyuldan keyin amalga oshiradi.

“Biz buni parlament saylovlari oldidan qilmaslikka qaror qildik. Birinchi bosqich 30 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, shuning uchun biz suzishni 14 iyuldan boshlanadigan haftaga o‘tkazamiz.

Shunday qilib, suzish testi uch kundan birida bo‘lishi mumkin: 15, 16 yoki 17 iyul», – deya tushuntirdi Idalgo.

U suzish har qanday holatda ham Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimidan oldin bo‘lib o‘tishini va’da qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter