UEFA Yevro-2024’dagi ikki jamoani jazolaydi

UEFA Xorvatiya va Albaniya futbol federasiyalarini ushbu jamoalar o‘rtasidagi 2024-yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasidagi o‘yinda muxlislarning serblarga qarshi odobsiz qichqirig‘i uchun jarimaga tortadi.

Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Avvalroq, Serbiya terma jamoasi UEFA bu muxlislarni jazolamasa, Yevro-2024ni tark etishini ma’lum qilgandi. Ushbu jamoalarning muxlislari «Serbni o‘ldir!», deya qichqirgan. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter