Messi Kanada ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabaga munosabat bildirdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi milliy terma jamoaning 2024 yilgi Amerika kubogi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi (2:0)dagi Kanada ustidan qo‘lga kiritgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

«Biz qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, bunga Kanada qodir. Birinchi bo‘lim juda qiyin, shiddatli o‘tdi, biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi, ammo g‘alabadan xursandmiz. Biz juda sabrlimiz – o‘ynashimiz va pas berishimiz va vaziyatni kutishimiz kerak edi. Ba’zi joylarda sekin harakat qildik, ammo sabr qildik va gol urishga muvaffaq bo‘ldik», – dedi Messi o‘yindan so‘ng jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Argentina va Kanada guruhidan Peru va Chili terma jamoalari ham bor.

Amerika kubogi 21 iyundan 15 iyulga qadar davom etadi. 16 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan. Amerika kubogining amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter