FIFAning yangilangan reytingida o‘zgarish bo‘ldimi?

Rossiya terma jamoasi FIFAning yangilangan reytingida 35-o‘rindan 33-o‘ringa ko‘tarildi. Rossiya jamoasi 1506,58 ochkoga ega.

7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinda Valeriy Karpin shogirdlari Minskdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Belarus terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.

FIFA va UEFA sanksiyalari tufayli Rossiya terma jamoasi 2022 yildan buyon faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda.

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi FIFA reytingida peshqadamligini saqlab qoldi (1860,14 ball). Ikkinchi o‘rinda fransuzlar (1837,47), uchinchi o‘rinda belgiyaliklar (1797,98).

Kuchli beshlikda bitta o‘zgarish bo‘ldi – braziliyaliklar (1791,85) to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi, britaniyaliklar (1787,88) beshinchi o‘ringa tushib ketdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Eron bilan durang o‘ynab, FIFA reytingida o‘z ochkolarini yana ko‘paytirdi. Ushbu durang tufayli hisobimizga 5,06 ball qo‘shildi.

Buning natijasida onlayn reytingda yana bir pog‘ona ko‘tarilib, 62-o‘ringa chiqib oldik

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter