Parij-2024. Yangi Zelandiyaning mashg‘ulotlarini dron orqali kuzatgan Kanada terma jamoasi tahlilchisi shartli ravishdi qamaldi
Kanada ayollar futbol jamoasi Parij Olimpiadasida Tokiodagi oltin medallarini himoya qiladi. Ammo jamoaning tayyorgarligi josuslik mojarosi tufayli yomon ketdi.
Kanada Olimpiya qo‘mitasi (SOS) chorshanba kuni «Kanada milliy futbol jamoasining akkreditasiyadan o‘tmagan a’zosi» Fransiya hukumati tomonidan Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasiga josuslik qilish uchun drondan foydalangani uchun hibsga olinganini e’lon qildi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, dron Kanada terma jamoasi tahlilchisi Jozef Lombardi tomonidan boshqarilgan. AFP nashri xabariga ko‘ra, 43 yoshli tahlilchi sudyaga aybiga iqror bo‘lgan va shartli sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Beverli Pristman ham Yangi Zelandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/