ITF Nadalga sog‘lik tiladi

Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) matbuot xizmati “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 22 karra g‘olibi, ispaniyalik Rafael Nadalning tiklanishiga umid bildirdi.

Avvalroq Nadalning son qismida muammo borligi ma’lum bo‘lgan edi, shu sabab u 25-iyul, payshanba kungi ikkita mashg‘ulotni bekor qilgandi.

ITF Nadalning murabbiyi Karlos Moyyaning o‘z shogirdining jarohati haqidagi bayonotiga izoh berdi.

«Eng yaxshi tilaklarni tilab qolamiz», – deyiladi ITF saytida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter