Olimpiadada tartibsizlik keltirib chiqarishga uringan shaxs hibsga olindi

Olimpiya o‘yinlarida tartibsizlik keltirib chiqarishda gumon qilinayotgan rossiyalik oshpaz Kirill Gryaznov hibsga olindi.

Bu haqda Fransiyaning Le Monde nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, u Olimpiya o‘yinlarida keng ko‘lamli tartibsizlik harakatlarini uyushtirish uchun xorijiy davlat vakillari bilan til biriktirgan.

40 yoshli Rossiya fuqarosi televideniyeda pazandalik shoularida boshlovchilik qilgan, shuningdek, Mishel yulduzli restoranida ishlagan.

Buzg‘unchi hibsga olindi va Parij prokuraturasi allaqachon uni Fransiyada dushmanlikni qo‘zg‘atish maqsadida chet el davlati foydasiga razvedka ishlarida ayblagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter