Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi shartnomasini uzaytirdi
Angliya terma jamoasi Yevro-2024 finalida mag‘lub bo‘ldi – shundan so‘ng uning bosh murabbiyi Garet Sautgeyt iste’foga chiqdi.
Kolumbiya terma jamoasi esa Amerika kubogi finalida mag‘lub bo‘ldi – lekin uning murabbiyi iste’foga chiqmadi, aksincha, shartnomasini uzaytirdi va terma jamoani JCH-2026gacha boshqaradi.
Bu haqda bugun argentinalik mutaxassis Nestor Lorenso ma’lum qildi.
«Kolumbiya 100%! tayyor. Mening navbatdagi maqsadim – 2026 yilgi jahon chempionati!», deb yozdi Lorenso ijtimoiy tarmoqlarda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/