APL klubi «Milan» futbolchisini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda

«Nyukasl» hali ham «Milan»dan markaziy himoyachi Malik Tiavni sotib olishga harakat qilmoqda.

The Times nashri xabariga ko‘ra, «qarg‘alar» nemis futbolchisini qo‘lga kiritish uchun urinishlaridan voz kechmayapti. «Nyukasl» 22 yoshli markaziy himoyachi uchun 40 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashga tayyor.

«Qarg‘alar» «Milan» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va tez orada murosaga erishishga umid qilmoqda. Tiav “Milan” safida ikki mavsum o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. 2022 yilda futbolchi Gelzenkirxenning «Shalke» klubidan jamoaga o‘tgandi. O‘tgan mavsumda Malik Italiya chempionatining 21 uchrashuvida 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter