Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sem Ellardays «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr transfer oynasi yopilgandan keyin qaysi klubda bo‘lishini aytdi.
«Transfer oynasi yopilgandan keyin Maguayr qayerda qoladi? «Manchester Yunayted»da u allaqachon «Vest Xem»ni rad etgan. Men uning agentini juda yaxshi bilaman. O‘tgan mavsumdagi barcha qiyinchiliklarga qaramay, Maguayr «Vest Xem»ga o‘tishni istamayapti», – deydi Ellardays.
Avvalroq «Vest Xem» Maguayrni 35 million yevroga transfer qilishga rozi bo‘lgandi, ammo yakunda kelishuv barbod bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/