«U uchun hammasi tugadi» – Dyugarri «PSJ» yulduzini tanqid qildi
Fransiyalik sobiq hujumchi Kristof Dyugarri «PSJ» yarim himoyachisi Marko Verratti haqida gapirdi.
«Verratti allaqachon 31 yoshda, u uchun hammasi tugadi. U 11 yil davomida «PSJ»da o‘ynadi, lekin futbolchining martaba va hayoti nima ekanligini hech qachon tushunmagan.
Markoda iqtidor bor va maydonda ko‘p ish qilishni biladi. Lekin men uni ideal sportchi demayman. 11 yildan beri shartnomani yangilab, klub boshliqlarining ko‘ziga chang solmoqda», – deya Kristof so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.
Eslatib o‘tamiz, Marko Verratti parijliklar jamoasida 2012 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilda yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/