«Chelsi» «Liverpul» hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

«Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyes Angliya Premyer-ligasining yana bir top-klubi nishoniga tushdi. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, Londonning «Chelsi» jamoasi urugvaylik hujumchini o‘z safida ko‘rmoqchi. Mersisaydliklar agar “aristokratlar” 24 yoshli futbolchini transfer qilish bo‘yicha foydali taklif bilan chiqishsa, muzokaraga tayyor.

Darvin o‘tgan yozda «Benfika»dan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Transfer summasi 80 million yevroni tashkil qildi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter